Bosh sahifa / Telegram Stars API
Telegram Stars API

Telegram Stars'ni bitta so'rov bilan yuboring

Botingiz, do'koningiz yoki Mini App'ingizdan istalgan Telegram foydalanuvchisiga Stars yuboring. Xarid Fragment orqali bajariladi, to'lov kassangizga ulangan TON hamyondan yechiladi.

Qanday ishlaydi

  • Panelda kassa oching — unga alohida API kalit beriladi.
  • Kassaga TON hamyon ulang: yangisini yarating yoki 12/24 so'zli seed bilan o'zingiznikini ulang.
  • POST /stars/buy ga username va amount yuboring — Stars foydalanuvchiga yetkaziladi, javobda order_id qaytadi.

Integratsiya tartibi

  1. Narxni tekshiringPOST /stars/pricing
  2. Username'ni tekshiringPOST /searchUser
  3. Xarid qilingPOST /stars/buy
  4. Holatni kuzatingGET /order/{order_id}

So'rov namunasi

curl -X POST https://starsapi.uz/stars/buy \
  -H "X-API-Key: YOUR_API_KEY" \
  -H "Content-Type: application/json" \
  -d '{"username": "durov", "amount": 100}'

Javob:

{
  "success": true,
  "data": {
    "transaction_id": "78f6a...",
    "order_id": "K7Q2MX"
  }
}

Parametrlar

MaydonTurTavsif
X-API-KeyheaderKassaning API kaliti. Majburiy.
usernamestringQabul qiluvchi Telegram username (@ bilan yoki @siz). Majburiy.
amountintegerStars soni: 50 dan 100 000 gacha. Majburiy.
currencystrington yoki usdt. Berilmasa — kassa sozlamasidan.
Idempotency-KeyheaderIxtiyoriy. Shart emas: bir xil buyurtma ketma-ket kelsa, server takrorni o'zi ushlaydi. Kalit bilan himoya 30 kun ishlaydi.
waitbooleanIxtiyoriy. Standart: pul tarmoqqa ketishi bilan (~1 s) success qaytadi. true — blokcheyn tasdig'ini kutish (~3 s).

Narx

Narx Fragment'dagi joriy Stars narxidan olinadi va ustiga 1.5% xizmat haqi qo'shiladi. Akkauntingiz oxirgi 7 kunda 100 000+ Stars sotgan bo'lsa, xizmat haqi avtomatik 1% ga tushadi. Har bir akkauntda birinchi 20 buyurtma xizmat haqisiz, yiqilgan buyurtmadan haq olinmaydi. Aniq narxni POST /stars/pricing qaytaradi.

Boshqa endpointlar

EndpointVazifasi
POST /stars/pricingBerilgan miqdor uchun joriy narx
POST /searchUserUsername'ni xariddan oldin tekshirish
GET /order/{order_id}Buyurtmaning yakuniy holati
POST /premium/buyTelegram Premium sovg'a qilish

Ko'p so'raladigan savollar

Minimal va maksimal miqdor qancha?

Bitta buyurtmada 50 dan 100 000 gacha Stars yuborish mumkin.

Pul qaysi hamyondan yechiladi?

Kassaga ulangan TON hamyondan — Gram (TON) yoki USDT bilan. Tarmoq gazi har doim TON'da to'lanadi, shuning uchun hamyonda ozgina TON zaxira bo'lsin.

So'rov javobsiz qolsa nima qilaman?

Qayta yuboring. Bir xil buyurtma ketma-ket kelsa, server takrorni o'zi ushlaydi va birinchi buyurtma javobini qaytaradi (duplicate: true). Holatni GET /order/{order_id} orqali ham tekshirish mumkin.

Birinchi buyurtmagacha bir necha daqiqa

Hisob ochish va API kalit olish bepul. Har bir akkauntda birinchi 20 buyurtma xizmat haqisiz.

Bepul boshlash